...

Yangiliklar

Kafedramizda 1-bosqich talabalariga malakaviy amaliyot o'tish lavhalari

19-Dekadr 2024-yilda kafedramizda 1-bosqich talabalariga malakaviy amaliyot  bo’lib o’tdi.

19.12.2024

Navbatdagi kafedralar aro ilmiy ish aprobatsiyasi bo'lib o'tdi

2-Aprel 2024-yilda navbatdagi kafedralar aro ilmiy ish aprobatsiyasi bo’lib o’tdi.

02.04.2024

2023-yil 6-7-dekabr kunilari Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tadigan talabalar o‘rtasida Respublika fan olimpiadasida ishtirok etish uchun taklif etamiz!

2023 yil 6-7-dekabr kunilari Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish” Respublika fan olimpiadasida ishtirok etish uchun taklif etamiz! Olimpiada ikki bosqichdan iborat: 1-bosqich – 6-dekabr 2023-yil – Google test tizimida testlarni yechish 2-bosqich – 7-dekabr 2023-yil – Vaziyatli masalani yechish Olimpiada o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2023 yil 5-dekabr soat 22:00 gacha.

Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:

https://forms.gle/EcAfPdsACN1nDavi8

05.12.2023

"Toshkent tibbiyot akademiyasida amaliyotchi yuristlar
talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari kafolati” mavzusida yoshlarni konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi birinchi prorektori T.A.Bobomurotov, TTA bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari hamda «VERUM LAW FIRM» advokatlik firmasi advokatlari ishtirokida Akademiyasi talabalari uchun huquqiy–ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Bosh qomusimiz-Konstitutsiyamiz yurtimiz ravnaqi, inson huquq va erkinliklarini hamda jamiyat va davlat qadriyatlari ustunligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egaligi e’tirof etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda insonlarning asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlari hamda jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, shu jumladan, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirilishi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanganligiga e’tibor qaratildi

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan jinoyatlar, internet tarmoqlarida yolg‘on yoki taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni tarqatganlik uchun javobgarlik kabi mavzularda ham tushuncha olishdi.

Huquqshunoslar talabalarga oilaviy, shuningdek xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik turlari haqida tushuntirish berishdi.

07.12.2023

"Vatanimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'taraylik" mavzusida tadbir tashkil etildi

Har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Ushbu davlat ramzlaridan biri O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilindi va shu kundan boshlab Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun milliy iftixorimiz sifatida katta tantana bilan nishonlab kelinmoqda. Shunday tantanalar ayni paytda Toshkent tibbiyot akademiyasida barcha fakultetlarda, barcha guruhlar hamda talabalar turar joylarida keng qamrovda o‘tkazilmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan “Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraylik” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.  Poytaxtimizning Halqlar do‘stligi maydonida ayni damda bo‘lib o‘tayotgan tantanalarda ham Toshkent tibbiyot akademiyasining talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqdalar.

18.11.2023

Scroll to Top
Seraphinite AcceleratorOptimized by Seraphinite Accelerator
Turns on site high speed to be attractive for people and search engines.